Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yetti mamlakat BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi

Yetti mamlakat BMTda ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi

Foto: «Abon News»

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo yetti mamlakat Bosh assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etildi, deyiladi «Lenta.ru» xabarida.

Yetti mamlakat BMTga a’zolik badalini to‘lamagan.

Oxirgi ikki yilda tashkilotga a’zolik badalini to‘lamay qarz bo‘lib qolgan Livan, Venesuela, Markaziy Afrika Respublikasi, Gambiya, Lesoto, Tonga va Yaman vaqtincha ovoz berish huquqidan mahrum etildi. Ovoz berish huquqidan mahrum etish BMT ustavining 19-moddasida belgilab qo‘yilgan.

2019-yili BMTga a’zo 193 mamlakatdan 146 tasi a’zolik badalini to‘ladi, 47 mamlakat esa qarzlarini yopmagan. AQSh BMTdan 491 million dollar qarzdor.

Shuning barobarida, AQSh BMTning eng yirik donori sanaladi, u tashkilotga 2,6 mlrd. dollar kiritadi, bu umumiy budjetning 22 foiziga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring