Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi Vengriyani nima uchun jazolamoqchi?

Yevropa Ittifoqi Vengriyani nima uchun jazolamoqchi?

Yevropa Parlamenti Vengriyaga nisbatan qat’iy choralarni qo‘llashga ovoz berdi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».

Vengriya demokratik tamoyillarga rioya qilmaslikda ayblanmoqda. Yevropa Ittifoqi dokladida Vengriyaga nisbatan mustaqil OAVlarga bosim o‘tkazish, mustaqil sudyalarni ishdan bo‘shatish, muhojirlar va qochoqlarga yordam beruvchi nodavlat tashkilotlarining faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik hamda hukumat a’zolari va ularning oilalarining Yevropa fondlari va Budapeshtning boshqa qonunbuzarliklari hisobidan boyishi kabi ayblovlar qayd etilgan.

Yevropa Parlamentining 448 a’zosi Vengriyani jazolanishi yoqlab ovoz bergan. 197 nafar bunga qarshi chiqqan, 48 deputat ovoz berish jarayonida qatnashmagan.

Yevropa Parlamenti Vengriyaga «Yevropa Ittifoqi to‘g‘risida»gi shartnomaning 7-moddasini qo‘llashi mumkin. 7-moddada YeIga a’zo davlatni muayyan huquqdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan. Mamlakat Ittifoqda ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Aytilishicha, bunday chora Yevropa parlamenti tarixida ilk bor qo‘llanilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring