Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eyfel minorasi chiroqlari atayin o‘chirildi

Eyfel minorasi chiroqlari atayin o‘chirildi

Foto: «TASS»

Parijda Bayrutda fojia qurbonlari xotirasiga dunyoga mashhur Eyfel minorasi chiroqlari o‘chirildi. Ushbu qarorni Fransiya poytaxti meri Ann Idalgo qabul qilgan.

Roppa-rosa yarim tunda mamlakatning eng diqqatga sazovor joylaridan biri chiroqlarini o‘chirdi.

«Bu portlash qurbonlari xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromdir», — deb yozgan Parij meri 5-avgust kuni «Twitter»da.

Shuningdek, Idalgoning ma’lum qilishicha, Fransiya hukumati Livanga 100 000 yevro miqdorida shoshilinch yordam yuborish niyatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring