Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ganga daryosidan yuzdan ziyod insonning jasadi topildi

Ganga daryosidan yuzdan ziyod insonning jasadi topildi

Hindistondagi induizm diniga e’tiqod qiluvchilar uchun muqqaddas sanalgan Ganga daryosida koronavirusdan vafot etgani taxmin qilingan yuzdan ortiq odamning jasadi topildi. Bu haqqda The Times of India xabar qilmoqda.

Ushbu jasadlar Bixar shtatiga qarashli Buksar shahri hududida topilgan. Shahar ma’muriyati jasadlar Uttar Pradeshning yuqori oqimidan kelgan deb da’vo qilmoqda. Biroq, mahalliy manbalarning xabar berishicha, qishloqning ko‘plab aholisi COVID-19 dan vafot etganidan keyin yoqilmagan odamlarning jasadlarini Gangga tashlamoqda.

«Vaziyat nihoyatda achinarli. Daryoda 150 dan ortiq kasallikdan vafot etganlar jasadi topildi. Shu sababli Katarva, Kamxariya va Chausa aholisi qo‘rquvda. Aholi hatto qirg‘oqqa chiqib qolgan jasadlarni yoqishdan qo‘rqishmoqda», - deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Buksar shahri boshqarmasining xabariga ko‘ra, jasadlarni kecha-kunduz yig‘ish, identifikatsiya qilish va kuydirishda besh nafar mahalliy xodim ishtirok etmoqda.

Hozirda Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskin bo‘lib qolmoqda. Avvalroq Hindistonning Gujarat shtati shifokorlari koronavirusga chalinganlarda mog‘or zamburug‘lari chaqiruvchi noyob kasallik — mukoromikoz (qora mog‘or) tarqalishini qayd etilgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring