Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Germaniya judayam zerikarli»: suriyalik qochoqlar uyiga qaytmoqda

«Germaniya judayam zerikarli»: suriyalik qochoqlar uyiga qaytmoqda

Foto: «Flickr.com»

«Germania.one» yozishicha, Ammar Maaravi 2016-yilning boshida urush tufayli Suriyadan chiqib ketayotgan qochoqlar qatoriga qo‘shilgandi. Germaniyaga jo‘natishlari uchun kontrabandachilarga bor pulini berdi. Kemada, poyezdda, avtobusda yurdi, yuzlab chaqirimni yayov bosib Germaniyaning Tyuringiya federal yerida joylashgan Zul shahriga kelib qoldi.

Mana, oradan ikki yil o‘tdi, 36 yoshli Ammar Suriyaga qaytib ketdi. Germaniyada boshqa yashay olmasligini, bu mamlakat o‘ta zerikarli ekanini aytdi. Ayrim muhojirlar ham Ammarning yo‘lini tutib, vataniga qaytishni boshladi. Bu bir tomondan Suriyada vaziyatning o‘nglanayotgani, ikkinchi tomondan esa boshpana bergan mamlakatlarda qochoqlarga munosabatning yomonlashayotgani bilan izohlanadi. Xullas, qochoqlarda uyga qaytish uchun sabablar ko‘p. Eng asosiysi, uylarini sog‘inishgan.

Aksariyat migrantlar bor pullarini yo‘lga ishlatib tugatishgan. To‘g‘ri, Yevropada ijtimoiy yordam ko‘rsatishyapti, ammo bu muhojirlar kutganchalik emas. Qolaversa, ular boshqa madaniyat, ihotalangan jamiyatda og‘ir bosim ostida yashashga mahkumlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring