Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Global aviaqatnovlar qachon tiklanishi yoki endi hech qachon oldingidek bo‘lmasligi haqida — ekspert fikri

Global aviaqatnovlar qachon tiklanishi yoki endi hech qachon oldingidek bo‘lmasligi haqida — ekspert fikri

Foto: «Rossaprimavera»

Xalqaro aviaqatnovlar sekin tiklanishda davom etadi, biroq 2021-yilning yoz fasli boshlariga borib, koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan darajasining 70-80 foiziga yetadi. «Saxo Bank» (Daniya) investitsiyalar bo‘yicha direktori Stin Yakobsen shunday fikrda.

«Parvozlarning sekin tiklanishi 2021 yil birinchi choragidan boshlanib, o‘ylashimcha, 2021-yil yozi boshlarida pandemiyadan avvalgi darajasining 70-80 foiziga yetadi», — dedi Yakobsen.

Ekspert parvozlar xususiyati o‘zgarishiga ham urg‘u berdi: bundan buyon ish yuzasidan safar parvozlari kamayib, odamlar ko‘proq dam olish va sayohatlar uchun samolyotlardan foydalana boshlashadi.

«Uyda o‘tirib ishlash odatiy holatga aylanadi va dunyoni o‘zgartiradi: odamlar har kuni ofisga borishlariga, bir shahardan ikkinchisiga qatnashlariga hojat qolmaydi. Qator kompaniyalar endi hech qachon oldingi ish tarziga qaytmasliklarini ma’lum qilishdi. Bu o‘zgartirib bo‘lmas trend», — ta’kidladi daniyalik ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring