Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gvineya prezidenti hammaning ko‘z o‘ngida mehnat vazirini do‘pposladi (video)

Gvineya prezidenti hammaning ko‘z o‘ngida mehnat vazirini do‘pposladi (video)

Foto: «Vladtime.ru»

Gvineya prezidenti Alfa Konde kuppa-kunduzi ko‘chada hammaning ko‘z o‘ngida mushtlari bilan mehnat vaziriga tashlanib qoldi, deya ta’kidlaydi turklarning «Milli Gazete» nashri.

Taxminlarga ko‘ra, Konde mansabdor shaxsning oldiga yugurib borib, bir necha marta musht tushirishga ulgurgan. Vazir esa davlat rahbarining qahridan qo‘rqib, avtomobillarning orqasiga yashirinishga uringan. Hodisa nima bilan tugagani noma’lum.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Gvineya prezidenti mehnat vaziri o‘z majburiyatlarini yaxshi bajarmayotganidan darg‘azab bo‘lgan.

Mazkur vaziyat bo‘yicha rasmiy izohlar berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring