Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 3 yillik qamoqdan so‘ng Pokistonning «josus» kaptari ozod qilindi

Hindistonda 3 yillik qamoqdan so‘ng Pokistonning «josus» kaptari ozod qilindi

Foto: «Pixabay.com»

Hindiston politsiyasi josuslikda gumon qilingan Pokiston kaptarini qamoqdan ozod qildi. Qush ikki mamlakat o‘rtasidagi munozarali chegara ustida parvoz qilganda Hindiston buni kuzatishga urinish sifatida baholagan, deb yozadi «Toronto Sun».

Patli jonivorni tekshirish vaqtida politsiya hech qanday shubhali holatni topmadi. Ta’kidlanishicha, kaptar pokistonlik baliqchiga tegishli bo‘lgan. Biroq uni qaysi tomonga uchirib yuborishgani va egasiga qaytib borgan-bormagani noma’lum.

«Bu oddiygina beozor qush», — dedi kaptarning egasi Habibulla. U hindistonliklardan qushni politsiyaga berib yubormasdan, unga qaytarib berishlarini so‘radi.

Kaptarning oyog‘iga yozilgan raqam mahalliy aholini qo‘rqitib yuborgan. Ular munozarali hududda jangarilar uchun mo‘ljallangan maxfiy kod bo‘lsa kerak, deb o‘ylashgan. Habibullaning ta’kidlashicha, kaptar qushlar poygasida ishtirok etgan bo‘lib, oyog‘idagi raqamlar egasining telefon raqami hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, qushlar poygasi chegaraoldi qishloqlarida juda ommalashgan. Vaqti-vaqti bilan kaptarlar u yoki bu davlat tomonida yo‘qolib qolishadi.

Kaptar 2016-yil oktyabrda qo‘lga olingan. Xabarlarga ko‘ra, uning panjasida «Lashkari-Tayiba» guruhi a’zolari yozgan tahdidli maktub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring