Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda xususiy avtobus halokatga uchradi: 13 kishi qurbon bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

Hindistonda xususiy avtobus halokatga uchradi: 13 kishi qurbon bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

Foto: «AP Photo»

Kuni kecha Hindistonning Agra-Lakxnau tezyurar avtomagistralida avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «ANI» agentligi.

«Kamida 31 kishi shifoxonaga yotqizildi. 13 kishi halok bo‘ldi», — deydi «Saifai Mini PGI» shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘limi xodimi, doktor Vishva Dipak.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, avtohalokat chorshanba kuni kechasi taxminan soat 10 larda sodir bo‘lgan.

«Chorshanba kuni kechasi taxminan soat 10 larda Agra-Lakxnau tezyurar avtomagistralida ikki qavatli xususiy avtobus yo‘lda turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Avtobus haydovchisi yuk mashinasini ko‘rmay qolgan va orqasidan borib urilgan. Avtobusda 40 — 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan», — deydi politsiya superintendanti Sachindra Patel.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring