Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda zavod portladi: qurbonlar bor

Hindistonda zavod portladi: qurbonlar bor

Foto: «AP Photo»

Hindistonning Gujarat shtatida zavodda portlash yuz berdi. Uning oqibatida sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana bir qancha kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Hindu» gazetasining yozishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 11 da Padra shahri Vadodar okrugida «Aims Industries Limited» tibbiy maqsadlarda gaz ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga o‘t o‘chirish brigadasi yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring