Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonlik ruhoniy koronavirusga qarshi kurashish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi

Hindistonlik ruhoniy koronavirusga qarshi kurashish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi

Foto: Reuters

Hindistonda hinduiylik dini ruhoniysi koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozonish uchun odamning boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda India Today nashrida xabar qilingan.

Xabarda aytilishicha, qotillik Hindistonning Orissa shtatida sodir bo‘lgan. Mahalliy ibodatxonaning 72 yoshli ruhoniysi va 52 yoshli ibodat qiluvchi o‘rtasida diniy mojaro kelib chiqqan. Natijada ruhoniy ibodat qiluvchiga tashlangan va uni o‘ldirib, boshini tanasidan judo qilgan. Shundan so‘ng u politsiyaga taslim bo‘ldi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, uning tushiga xudolari kirgan va koronavirusni yengish uchun odam qurbonlik keltirishi lozimligini buyurgan. Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, ruhoniy qotillik vaqtida spirtli ichimliklar ta’sirida mast bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring