Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador deputat farzandini dunyoga keltirish uchun shifoxonaga velosipedda yo‘l oldi – bu birinchi marta emas (foto)

Homilador deputat farzandini dunyoga keltirish uchun shifoxonaga velosipedda yo‘l oldi – bu birinchi marta emas (foto)

Foto: «Facebook»

Yangi Zelandiya deputati, transport muammolari uchun mas’ul Juli Enn Genter Vellington shifoxonasiga velosipedda yetib borib, qizini dunyoga keltirdi. Bu haqda ayol «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

41 yoshli deputat to‘lg‘oq boshlanganida velosipedga o‘tirib, o‘zi shifoxonaga yetib borgan. Oradan bir soat o‘tgach sog‘lom qiz farzandini dunyoga ketirgan.

«Facebook»dagi sahifasida «Yashillar» partiyasi a’zosi shunday yozadi:

«Qaynoq xabar! Soat 03:04 da oilamizning yangi a’zosi dunyoga keldi. Men tug‘uruq arafasida velosiped minishni rejalashtirmagandim, lekin aynan shunday bo‘ldi. Shifoxonaga yo‘lga chiqqanimizda to‘lg‘oqlar garchi ikki-uch daqiqa oraliqda davom etib, borgan sari tezlashayotgan bo‘lsa-da, unchalik kuchli emas edi. Ajablanarlisi, endi otasi kabi uxlab yotgan sog‘lom va baxtiyor qizimiz bor».

Genter AQShning Minnesota shtatida dunyoga kelgan va 2006-yilda Yangi Zelandiyaga ko‘chib o‘tgan. U Yangi Zelandiya va AQSh fuqaroliklariga ega. Uning «Facebook»dagi profilida «Velosipedimni yaxshi ko‘raman», deb yozib qo‘yilgan. Qizig‘i shundaki, u 2018-yilda ham birinchi farzandini dunyoga keltirish uchun shifoxonaga velosipedda borgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring