Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hujjatini qalbakilashtirgan Braziliya ta’lim vaziri ishdan ketdi

Hujjatini qalbakilashtirgan Braziliya ta’lim vaziri ishdan ketdi

Foto: «Metropoles»

Braziliya ta’lim vaziri Karlos Dekotelli, vazifasiga tayinlanganidan bir necha kun o‘tib, rezyumisini qalbakilashtirgani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda «CNN Brasil» xabar berdi.

Dekotelli o‘z rezyumesida «Jetuliu Vargas jamg‘armasi» xususiy ta’lim muassasasida 40 yil dars berganini belgilagan edi. Universitet esa ushbu ma’lumotni inkor etgan.

Prezident Jair Bolsonaru universitetning javobiga munosabat bildirishi ortidan vazir iste’foga chiqqan. Bolsonaru vazirning tarjimai holidagi nomuvofiqlar uning hukumatdagi ish faoliyatini shubha ostiga qo‘yishini ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring