Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk kosmik sayyohlarning nomlari ma’lum bo‘ldi

Ilk kosmik sayyohlarning nomlari ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Amerikaning «Axiom Space» xususiy kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiyaga yo‘l oluvchi uch nafar kosmik sayyoh nomlarini ma’lum qildi.

«SpaceX» korporatsiyasining «Crew Dragon» kemasida XKSga uchadigan sayyohlar: amerikalik tadbirkor Larri Konnor, isroillik tadbirkor Eytan Stibbe hamda kanadalik sarmoyador Mark Peti.

Kema komandiri — NASA sobiq astronavti Maykl Lopes-Alegria.

Fazoviy sayohat 10 kun davom etadi: ikki kun parvozda, sakkiz kun Xalqaro kosmik stansiyada o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring