Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask uch kun ichida qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

Ilon Mask uch kun ichida qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

Foto: Patrick Pleul/dpa

24 soat ichida tadbirkor boyligining 13,6 milliard dollaridan judo bo‘ldi. Hozirda u 176 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bunga elektromobillar ishlab chiqaruvchisi aksiyalari narxining sezilarli pasayishi sabab bo‘ldi: uning qiymati 8,06 foizga pasayib, har bir aksiyasi 682,22 dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

Shu bilan birga, Mask sayyoradagi eng boy odamlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Birinchi o‘rindan joy olgan (Mask o‘rnini egallagan) Amazon asoschisi Jeff Bezos ham 5,55 milliard dollar yo‘qotdi — uning boyligi 180 milliard dollarga baholanmoqda.

Shu tariqa, Bezos dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi, Mask esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Uch kun avval, 23-fevral kuni Ilon Mask bir kunda 15 milliard dollar yo‘qotgani haqida xabar bergandik. O‘shanda ham Tesla aksiyalari bahosining pasayishi sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring