Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada politsiyadan qochgan o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytilmoqda

Indoneziyada politsiyadan qochgan o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytilmoqda

Indoneziyadagi immigratsiya markazidan qochgan uch nafar o‘zbekistonlikdan biri halok bo‘ldi, qolgan ikki nafari qo‘lga olingan.

Indoneziya OAVsi xabariga ko‘ra, avvalroq «Tavhid va jihod katibasi» hamda «Al Qoida»ga aloqadorlikda gumonlanib to‘rt kishi qo‘lga olingan. Ulardan uch nafari qochishga qaror qilgan, bir nafari esa bunday yo‘l tutmagan.

Qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar Jakarta shimolidagi immigratsiya markazida politsiyachilar nazorati ostida ushlab turilgandi. Ulardan uch nafari 10 aprel kuni ertalab politsiyachilarga omborxonadan o‘g‘irlangan pichoq bilan hujum qilgan va qochgan.

Qochoqlardan biri politsiya ta’qibi paytida o‘zini daryoga tashlab cho‘kib ketgan. Ular qochish paytida bir politsiyachini pichoqlab o‘ldirgan, uch politsiyachini jarohatlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring