Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Insoniyatni ta’riflab bo‘lmas uqubatlar kutmoqda — olimlar

Insoniyatni ta’riflab bo‘lmas uqubatlar kutmoqda — olimlar

Foto: «YouTube»

153 mamlakatdan 11 ming nafardan ziyod olimlar insoniyatni ta’riflab bo‘lmas uqubatlar kutayotgani ta’kidlangan hujjatga imzo qo‘yishdi, deya xabar berdi «RIA Novosti». Karbonat angidrid ishlab chiqilishini kamaytirishga zudlik bilan kirishilmas ekan, keyin kech bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ushbu tadqiqot-maqola «BioScience» ilmiy jurnalida chop etildi.

Olimlarning xulosalari 40 yillik kuzatuvlarga asoslangan. Elektr energiyasi iste’moli, yer yuzasi harorati, aholi sonining o‘sishi, o‘rmonlarning qisqarish sur’ati, qutb muzliklari massasi, yalpi ichki mahsulot va havoning zaharli gazlar oqibatida buzilishi kabi ko‘rsatkichlarni qamrab olgan

Hujjat mualliflaridan biri — Sidney universiteti xodimi Tomas Nyusomning ta’kidlashicha, butun dunyoni favqulodda ekologik vaziyatdan ogohlantirish olimlarning burchidir. Uning Oregon universitetidagi hamkasbi Uilyam Rippl esa iqlim o‘zgarishlari aksariyat tadqiqotchilar kutganidan tezroq kechayotganini qo‘shimcha qilgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, vaziyatni o‘nglash uchun insoniyatda hali imkoniyatlar bor. Global isishni sekinlashtirish uchun qadam tashlash lozim bo‘lgan ayrim sohalar ham sanab o‘tilgan. Xususan, qazilma yonilg‘i o‘rniga tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, yuqori «uglerod soliqlari»ni joriy etish, YaIM o‘sishi va moddiy farovonlik ortidan quvishni bas qilish, o‘rmonlarni yoppasiga kesishni to‘xtatish, oziq-ovqat mahsulotlarida hayvonlar ulushini o‘simliklar hisobiga kamaytirish kabi takliflarni ilgari surishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring