Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya hukumati cheklovlarni kuchaytirishni boshladi

Ispaniya hukumati cheklovlarni kuchaytirishni boshladi

Foto: «Tek Deeps»

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi kuchayishining oldini olish maqsadida Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘shimcha cheklovlarni kiritishga qaror qildi. Bu haqda SSV rahbari Salvador Ilia bayonot berdi.

Vazir restoran va kafelar tungi soat 01:00 dan kechikmay yopilishi shartligi, diskoteka va barlar faoliyati esa butunlay to‘xtatilib turilishini ma’lum qildi.

Ko‘chada spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi, agarda 2 metrlik masofani saqlash imkoni bo‘lmasa, chekish ham mumkinmas, ogohlantirdi vazir.

Ispaniyada, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 358 843 kishi COVID-19 ga chalingan. Kasallikni yengib o‘tish 196 958 nafar bemorga nasib etgan, 28 617 nafar bemor esa vafot etgan.

Ispaniyada iyul oyidan koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘payishni boshladi 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring