Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tyapti

Ispaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tyapti

Foto: «RIA Novosti»

Ispaniyada bugun, 28-prel kuni Bosh korteslar (parlament)ga saylovlar boshlandi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da ochilib, kechki soat 20:00 gacha ishlaydi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, deputatlar kongressi (parlamentning quyi palatasi)ga 350 a’zo va 208 nafar senator saylanadi.


Mavzuga oid: Ispaniya bosh vaziri parlamentga muddatidan avval saylov o‘tkazilishini e’lon qildi


Hukumat taqdim etgan joriy yilgi davlat budjeti loyihasi Ispaniya parlamenti quyi palatasi tomonidan tasdiqlanmaganidan so‘ng bosh vazir Pedro Sanches parlamentga navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring