Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil sudi falastinlik advokatni uzoq yilga qamadi

Isroil sudi falastinlik advokatni uzoq yilga qamadi

Skrinshot

Isroil sudi falastinlik advokat Tariq Bargutni 13,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda «Anadolu Ajansi» xabar berdi.

Mahkum Falastin ozodlik tashkiloti a’zosi hisoblanadi, unga qarshi qanday ayblovlar qo‘yilgani ma’lum qilinmagan.

Bargut 2019-yilning fevralida, Isroil huquqni muhofaza qiluvchi organlari Ramallo shahrida o‘tkazgan tezkor tadbir chog‘i hibsga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil kuch ishlatar tizimlari Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida bunaqa operatsiyalarni muntazam o‘tkazib turadi va mamlakat xavfsizligi uchun tahdid uyg‘otishda gumon qilingan odamlarni qamoqqa olib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring