Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada kam ta’minlanganlarga ajratilgan pullarni «yeb kelgan» firibgarlar fosh etildi

Italiyada kam ta’minlanganlarga ajratilgan pullarni «yeb kelgan» firibgarlar fosh etildi

Foto: «Polizia di Stato»

Italiyalik mafiozlar «fuqarolik daromadi» dasturi doirasida davlat tomonidan kam ta’minlanganlarga ajratilgan nafaqalarni noqonuniy yo‘l bilan olib kelishgan. Bu haqda Moliyaviy gvardiyaga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Buni qarangki, Italiyada «Ndrangeta» uyushgan jinoiy guruhning yuzlab a’zolari davlat tomonidan ishsizlar va kam ta’minlanganlarga ajratilgan pullarni olib kelishgan. Yovuz niyatli kimsalar davlatdan jami 516 ming yevro olganligi aytilmoqda. Birgina oylik to‘lov 780 yevrogacha tashkil etadi.

Jurnalistlar bilan suhbatda agentlik mutasaddilarining ta’kidlashicha, jinoyatchilar bu pullar aholining ehtiyojmand qatlamiga chindan ham zarurligini bila turib shunday ish qilishgan.

Moliyaviy gvardiya kapitani Jorjo Silvestrining so‘zlariga ko‘ra, tergov natijasida 116 ta firibgar fosh etilgan. Ulardan 15 nafari garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul olmagan bo‘lsa-da, lekin pul kelib tushgan manzilda yashovchilarning oila a’zolari o‘laroq, turli hujjatlarga imzo chekishgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan operatsiya shusiz ham koronavirus tufayli tugab borayotgan davlat g‘aznasining yana 470 ming yevro mablag‘ini tejab qolishga yordam berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring