Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyalik ayol liftda 27 soat qamalib qoldi

Italiyalik ayol liftda 27 soat qamalib qoldi

Foto: «RIA Novosti»

Italiyaning Paduya shahrida istiqomat qiladigan ayol liftda 27 soat qamalib qoldi.

Hodisa 28 iyunda ro‘y bergan. Mahalliy vaqt bilan 09:30 atrofida ayol lift chaqirgan va xizmatkor ayolni asosiy eshik oldida kutib olishni maqsad qilgan. Ammo lift to‘xtab qolgan. Faqat shundagina ichkarida yordam chaqirishga mo‘ljallangan tugma yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Boz ustiga ayolning yonida hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan. Uyni tozalash uchun kelgan xizmatkor esa uning qichqiriqlarini eshitmagan. Xabar qilinishicha, u quloqchinda musiqa eshitib ishlagan edi.

O‘sha kuni Paduyada ob-havo 30 darajani tashkil etgan. Lift ichida esa 50 darajaga qadar yetib borgan. Faqat oradan bir sutka o‘tib qamalib qolgan ayolni qizi qutqarib oladi.

Onasi qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotganidan xavotir olgan farzand xabar olish uchun uyga keladi. U liftdan kelayotgan qichqiriqni eshitadi va darhol o‘t o‘chiruvchilarni yordamga chaqiradi. Shu tariqa jabrdiyda qutqarib olindi.

Xabar qilinishicha, liftdan chiqarib olingan ayolga hech qanday tibbiy yordam zarur bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring