Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya prezidenti xalqdan uzr so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti xalqdan uzr so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Davlat yer va uy-joy korporatsiyasi xodimlari ishtirok etgan yer spekulyasiyasi mojarosi oqibatida mamlakat fuqarolaridan kechirim so‘radi. Bu haqda davlat rahbarining haftalik yig‘ilish paytida bergan bayonotiga asoslanib, «TASS» xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat yer va uy-joy korporatsiyasining kamida yigirma nafar xodimi katta qurilishlar rejalashtirilgani to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda o‘zlashtirilmagan yerlarni sotib olgan. So‘nggi yillarda mamlakatning barcha hududlarida uy-joy narxi hamda ijara haqi keskin ko‘tarilib ketgani esa mojaroni yanada kuchaytirgan.

«Xalq orasida nafrat hamda chuqur umidsizlik tuyg‘ularini kuchaytirgan ushbu mojaro boshlanganidan juda afsusdaman», — deya ma’lum qilgan Mun Chje In davlat xizmatchilari orasida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga va’da bergan holda.

Prezidentning ta’kidlashicha, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur ildiz otgan jinoyat olamini butunlay yo‘qotish yanada adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi burilish nuqtasi bo‘ladi. Shuningdek, davlat muassasalarida tub islohotlar amalga oshiriladi.

Avvalroq, Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In «koronavirus epidemiyasi kuchaygan notinch paytlarda mamlakatni yaxshi boshqarolmaganligi uchun» kechirim so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring