Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeff Bezos: «Matbuotni tinch qo‘ying»

Jeff Bezos: «Matbuotni tinch qo‘ying»

Foto: «Politico.com»

«Amazon.com» internet-kompaniyasi asoschisi va rahbari, «Blue Origin» aerokosmik kompaniyasi asoschisi va xo‘jayini, «The Washington Post» noshirlik uyi xo‘jayini Jeff Bezos AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatini matbuotga tashlanishda aybladi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

«Matbuotni iblisga tenglashtirish juda xavfli... Demokratik yo‘l bilan saylangan hech bir amaldor, u prezident yoki gubernator bo‘ladimi, uni matbuot maqtashini, gazetalarda o‘ziga yoqadigan sarlavhalar chiqishini kutmasligi kerak», — dedi u Vashingtondagi Iqtisodiy klubdagi chiqishida.

«Bilasizmi, u nima deyishi kerak — meni tanqid qilishayotgani to‘g‘ri, chunki shunday bo‘lishi kerak», — ta’kidladi Bezos.

Bezos «Washington Post» jurnalistlarini xolis bo‘lishga chaqirganini ta’kidladi: «Men ularga aytdim: agarda ma’muriyat sizga urush ochdimi, siz urush ochmang. Shunchaki o‘z ishingizni qiling».

Tadbirkor og‘ir paytlarda «Washington Post»ga yordam qo‘lini cho‘za olgani bilan faxrlanishini ham bildirib o‘tdi.

Tramp va AQSh matbuoti o‘rtasidagi ziddiyat anchadan beri davom etyapti. Hatto o‘tgan yili u eng yolg‘onchi OAVlar ro‘yxatini tuzib, ularni taqdirlash fikrini ham bildirgandi. Bu ro‘yxat 2018-yil boshida paydo bo‘ldi va uni AQSh prezidenti «Twitter»dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring