Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jon Lennonning qotili qabih va mudhish jinoyati haqida so‘zlab berdi

Jon Lennonning qotili qabih va mudhish jinoyati haqida so‘zlab berdi

Foto: «Haqqin.az»

«The Beatles» guruhi ishtirokchisi Jon Lennonning qotili amerikalik Mark Devid Chepmen o‘z qilmishini tushuntirib berdi, deb yozadi «Sky News».

Shartli ozod qilish kengashi oldida so‘zga chiqarkan jinoyatchi musiqachining bevasi Yoko Onodan kechirim so‘radi va qilmishi «qabih va mudhish» ekanligini tan oldi.

U Lennonni yomon odam bo‘lgani uchun o‘ldirmaganini ta’kidlagan.

«Men uni o‘ldirdim, chunki u juda-juda mashhur edi. Sababi shu, xolos. Men esa shuhrat qozonishni juda-juda xohlardim. O‘ta xudbin bo‘lganman», — dedi mahbus.

So‘zining oxirida qotil o‘lim jazosiga loyiq ekanligini aytdi.

1980-yili Mark Chepmen ovoz yozish studiyasidan rafiqasi bilan qaytib kelayotgan Lennonning orqasidan besh marta o‘q uzgan. 25 daqiqadan so‘ng taniqli musiqachi qon yo‘qotishi natijasida vafot etdi. Qotil jinoyat joyidan qochishga urinmadi — politsiya uni Jerom Selinjerning asarini o‘qiyotganda qo‘lga oldi.

Sud qotilni qilmishiga o‘zi javob bera oladigan deb topdi va 20 yildan so‘ng shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida ariza berish huquqi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Avgust oyida Chepmenga shartli ravishda ozod qilish 11-marta rad etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring