Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kambag‘allashib qolgan milliarder-boylar

Kambag‘allashib qolgan milliarder-boylar

Foto: «Forbes»

Bir yil ichida 400 ta eng boy amerikalikning mol-mulki 240 milliard dollarga ko‘paydi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli ayrim tadbirkorlar milliardlab dollaridan ayrilib, yirik moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi, deb yozadi «Forbes».

Eng ko‘p pulidan judo bo‘lganlar orasida afsonaviy investor Uorren Baffet yetakchilik qilmoqda — u 7,3 milliard dollarini yo‘qotdi. Analitiklar buning asosiy omili sifatida joriy yil iyul oyida uning «Berkshire Hathaway» kompaniyasi xayriya aksiyalariga 2,9 milliard dollar xayriya qilganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Undan keyingi o‘rinda Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobs bormoqda: u 5,3 milliard dollaridan ayrildi. Uchinchi o‘rinni Sheldon Adelson egalladi. Las-Vegas-Strip hududidagi eng mashhur kazino sohibi 4,7 milliard dollarini yo‘qotdi. Pandemiya boshlangandan so‘ng Adelson qariyb uch oyga kazinosini yopib qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyasiga qarashli aksiyalar bahosi o‘tgan yilgiga qaraganda qariyb 20 foizga tushib ketdi.

Foiz bilan hisoblaganda, «Continental Resources» neft-gaz kompaniyasi asoschisi Garold Xemmning mol-mulki eng ko‘p kamaygan. Qimmatbaho qog‘ozlar qiymatining keskin pasayishi tufayli Xemm bir yil ichida 3,7 milliard dollar yo‘qotdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring