Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamerunda avtobus bilan bog‘liq YTHda 37 kishi halok bo‘ldi

Kamerunda avtobus bilan bog‘liq YTHda 37 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Twitter.com»

Bugun, ya’ni 27-dekabr kuni Kamerun g‘arbiy qismida avtobus bilan yuk mashinasi ishtirokida avtohalokat natijasida 37 kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga asoslanib «Associated Press» agentligi xabar berdi.

70 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus erta tongda Nemale qishlog‘ida Fumban-Yaunde yo‘lida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, 37 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi turli darajada jarohatlandi, dedi viloyat ma’muriyati vakili Absalom Monono Voloa.

«Odamlar bayramdan qaytayotgan edilar, ba’zi yo‘lovchilar Yangi yilni nishonlash uchun qarindoshlarinikiga yo‘l olishgandi», — deb qo‘shimcha qildi Voloa.

Politsiyaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, avtohalokat avtobus haydovchisining noto‘g‘ri harakatidan so‘ng sodir bo‘lgan: u yo‘ldagi odamlarni aylanib o‘tishga uringan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida avtobus bilan yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. «Isuzu» rusumli yuk avtomobili yo‘lovchi tashuvchi avtobusning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida avtobus o‘ng tomondagi pastlikka ag‘darilgan. Bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring