Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Katta yettilik»: kambag‘al mamlakatlarning qarzlari yengillashtiriladimi?

«Katta yettilik»: kambag‘al mamlakatlarning qarzlari yengillashtiriladimi?

Foto: «The Legitimate»

Bugun, 25-sentyabr kuni «Katta yettilik» (G7) mamlakatlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, AQSh, Kanada va Yaponiya moliya vazirlari ishtirokida onlayn konferensiya o‘tkazilishi haqida «Reuters» xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ilg‘or mamlakatlar koronavirus pandemiyasi davridagi global iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishadi. Xususan, kambag‘al mamlakatlar qarz majburiyatlarini yengillashtirish bo‘yicha tashabbus muhokama qilinishi kutilmoqda.

2020-yil aprelida G20 kambag‘al mamlakatlarga tashqi suveren qarzlarni to‘lashni yil oxiriga qadar to‘xtatib turish imkonini bergandi. Shu tariqa $20 mlrd.dan ziyod erkin pullarni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga ishlatish ko‘zda tutilgandi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda jahon iqtisodiyoti 5 foizga pasayishi, ammo keyingi yildan tiklanib, 5,4 foizga o‘sishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring