Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shotlandiyada uch ming yillik xazina topildi

Shotlandiyada uch ming yillik xazina topildi

Foto: «Global Look Press»

Xazina ovlovchilar Shotlandiyada qadimgi xazinaga duch kelishdi. Ishqiboz arxeolog Maruish Stepen metall izlovchi asbob yordamida bronza davriga oid ot anjomlari, qilich va boshqa buyumlarni topdi.

Iyun oxirida Stepen do‘stlari bilan birga metall buyumlarini izlayotganda yarim metr chuqurlikda tuproq ostida xazinaga duch keldi. Signal shu daraja kuchli bo‘lganki, arxeolog shu zahoti topilmasi haqida Shotlandiya milliy muzeyi qoshida tuzilgan tashkilot mutaxassislariga xabar bergan, deb yozadi «Guardian».

Voqea joyiga professional arxeologlar yetib kelishib, bir oy qazilma ishlari bilan shug‘ullanishdi. Xazina ovlovchilar va uning do‘stlari ketishni xohlamadi. Ular yaqinroq joyga boshpana qurishdi. Chunki jarayonning oxiri nima bilan tugashiga qiziqashayotgandi.

Pirovard natijada olimlar kamarlar bilan bezatilgan qilich, to‘qa, qadimgi ot-arava g‘ildiragi, ot jabduqlariga o‘rnatilgan turli bezaklarni qazib olishdi. Bu kabi topilmalar Shotlandiyada birinchi, Buyuk Britaniyada esa uchinchisi hisoblanadi.

Xazina umummilliy ahamiyatga ega topilma deb topildi. Negaki Shotlandiyada bronza davriga oid xazinalar juda kam topilgan. Olimlar oldida topilmalarni baholash, bu yerga qanday kelib qolganini aniqlashdek mashaqqatli ishlar turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring