Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kolumbiyada 15 nafar konchi yer ostida qoldi

Kolumbiyada 15 nafar konchi yer ostida qoldi

Foto: «Cortesía Osvaldo Ordóñez»

Kamida 15 konchi Kolumbiya markazidagi oltin konidaga shaxtada qolib ketgan. Bu haqda Milliy konchilik agentligi rahbari Xuan Migel Duran Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

 Unga ko‘ra, voqea Kaldas departamenti, Neira munitsipalitetida joylashgan  konda sodir bo‘lgan.

«Taxminimizcha, 15 nafar konchi yo‘qolgan», deb yozgan Duran.

 El Espectador gazetasining yozishicha, konda sodir bo‘lgan falokat ko‘chki sababli kelib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring