Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bilan tug‘ilgan chaqaloq 17 kunda dorisiz tuzaldi

Koronavirus bilan tug‘ilgan chaqaloq 17 kunda dorisiz tuzaldi

Foto: «Germania.one»

Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida koronavirusni yuqtirgan go‘dak 17 kunda dorisiz sog‘ayib ketdi. Bu haqda «The Mirror» nashri xabar berdi.

Syao Syao ismli qizaloq Uxan bolalar shifoxonasida dunyoga kelgan. Ota-onasidan biri xavfli COVID-19 koronavirusini yuqtirgandi.

Go‘dak tug‘ilgan zahoti respiratorli infeksiyalar va yurakdagi arzimas asoratlarga qarshi kurasha boshladi. Alomatlari jiddiy bo‘lmagani bois shifokorlar unga dori bermaslikka qaror qilishdi.

«Qizcha nafas olishga qiynalmadi, yo‘talmadi, isitmasi ham chiqmadi. Biz undagi miokardial holatni davoladik xolos», — deydi shifokor Szen Linkun.

Chaqaloq 17 kunlik bo‘lganda Syao Syaoning koronavirusga tahlillari manfiy chiqdi. Qizaloq mustaqil sog‘ayib ketdi.

Umuman olganda, dunyo bo‘yicha 80,3 mingdan ziyod kishi koronavirusni yuqtirdi. Ulardan qariyb 2,7 mingtasi vafot etdi, 27,8 mingdan ziyod bemor tuzaldi. Virus birinchi bo‘lib aniqlangan Xitoydan tashqari COVID-19 kasalligi dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring