Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tufayli mashhur filmni suratga olish ishlari to‘xtatildi

Koronavirus tufayli mashhur filmni suratga olish ishlari to‘xtatildi

Foto: «1zoom.ru»

«Uddalab bo‘lmas topshiriq» filmining yettinchi qismini suratga olish ishlari Italiyada koronavirus tarqalishi tufayli to‘xtatildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Suratga olish ishlari Venetsiyada olib borilishi rejalashtirilgandi. Italiyada qariyb 200 dan ziyod koronavirus holati qayd etildi. Aholisi 50 mingdan ziyod bir qancha shaharlar karantinda. Venetsiyaning o‘zida karantin yo‘q, biroq shahar hukumati ommaviy yig‘ilish va tadbirlarni o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.

«Paramount» kinokompaniyasining ma’lum qilishicha, kino suratga olishni to‘xtatish qarori «aktyorlar va suratga oluvchilar guruhi xavfsizligi uchun» ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan.

«Uddalab bo‘lmas topshiriq» jangari filmining oltita bo‘limi allaqachon ekran yuzini ko‘rgan. Bosh rolni jahonga mashhur aktyor Tom Kruz ijro etgan. Filmning oldingi bo‘limlari qariyb 3,5 milliard dollar daromad keltirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring