Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: vafot etganlar soni 132 taga yetgani ma’lum qilindi

Koronavirus: vafot etganlar soni 132 taga yetgani ma’lum qilindi

Foto:«The FT Times»

Xitoyda tarqalgan yangi tipdagi koronavirusdan vafot etganlar soni 132 tani tashkil qilmoqda.

Virus yuqtirganlar soni esa 5974 nafarga yetgan. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar berdi.

28-yanvardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 106 kishi vafot etgani ma’lum qilingan edi. Bir kunda virus yuqtirganlikda gumonlangan 1459 kishi aniqlangan.


Mavzu doirasida: Olimlar koronavirusga qarshi mRNK-vaksina ishlab chiqarishni boshladilar


Eslatib o‘tamiz, koronavirus ilk bor o‘tgan yili dekabr oyining oxirida Uxan shahrida qayd etilgan edi. Kasallik Yaponiya, Janubi sharqiy Osiyo, hatto Germaniyagacha yetib borgani ma’lum qilindi.

Kuni kecha koronavirus Jizzax va Buxoroda qayd etilgani bo‘yicha mish-mishlar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar yuzasidan bayonot berib, uni «haqiqatga zid» deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring