Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kunchiqar yurtda rekord darajada ko‘p tovuq qirib tashlandi

Kunchiqar yurtda rekord darajada ko‘p tovuq qirib tashlandi

Foto: «Yandex»

2020-yil noyabr oyining boshidan beri Yaponiyada rekord darajada 5,8 million tovuq yo‘q qilindi; o‘tgan yili mamlakatda kasallik qo‘zg‘atuvchi parranda grippi tarqalishi ilk bor qayd etilgandi.

Oxirgi marta bu darajada ko‘p parranda 2005-2006-yil qishda qirib tashlangandi: parranda grippi tufayli mutaxassislar 5,7 million tovuqni o‘ldirishga majbur bo‘lishgan.

Hozirda kasallik qo‘zg‘atuvchi parranda grippi virusi Yaponiyaning 47 prefekturasidan 15 tasida aniqlandi: Kagava, Fukuoka, Xyogo, Miyadzaki, Xirosima, Nara, Oita, Vakayama, Okayama, Siga, Koti, Tokusima, Tiba, Gifu, Kagosima.

Infeksiya o‘choqlari topilgan parrandachilik fermalari yaqinidagi uch kilometrgacha bo‘lgan hududda karantin joriy etildi. Bundan tashqari, 10 kilometrgacha bo‘lgan hududdan tashqariga tovuq va tuxum olib chiqish taqiqlanadi.

Mutaxassislar ushbu mavsum oxirigacha qirib tashlangan parrandalar soni 6 milliondan oshishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring