Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuyov to‘ydan ikki soat o‘tib vafot etdi

Kuyov to‘ydan ikki soat o‘tib vafot etdi

Denni Emsli o‘zining nikoh marosimidagi bazmdan ikki soat o‘tib o‘lik holda topildi. Uning jasadini birinchi bo‘lib kelin ko‘rgan.

Denni va uning qallig‘i Kler 80 nafar yaqinlari va do‘stlari guvohligida o‘z to‘ylarini nishonladilar. Buyuk Britaniya shimolidagi Ueterbi shahrida joylashgan mehmonxonada bo‘lib o‘tgan bazmdan so‘ng soat 23.30 da kuyov Denni o‘zlarining xonalariga yo‘l oladi, kelin esa mehmonlar bilan qoladi. Kler bir oz vaqt o‘tib erining yoniga kiradi, bu paytda Denni tirik edi. Shundan so‘ng kelin yana pastga, mehmonlar oldiga tushib ketadi va soat 1.30 qaytganida kuyovning jonsiz holda yotganini ko‘radi. Zudlik bilan chaqirilgan tibbiyot xodimlari hech qanday yordam bera olmaydilar. Politsiya qotillik alomatlarini topmaydi. 

Ikki soatgina rasman er-xotin bo‘lib yashab 35 yoshida beva bo‘lib qolgan Kler o‘zining 37 yoshida vafot etgan eri Dennini juda yaxshi ko‘rishini, usiz endi hayotini tasavvur qila olmasligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring