Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Liviya jahon neft bozori narxlarini tushirib yubordi

Liviya jahon neft bozori narxlarini tushirib yubordi

Foto: «Arabian Gazette»

Liviya neft qazib olishni tiklashini e’lon qilishi bilan global bozorda narxlar pasayib ketdi.

Xususan, Londondagi  ICE birjasidagi 21-sentyabrdagi savdolarda «Brent» markali neftning noyabr fyucherslari bir barrel uchun 41 dollarni tashkil qildi (5 foizlik pasayish).

Amerikaning WTI nefti oktyabr fyucherslari esa bir barrel uchun 38,74 dollargacha (5,8 foizlik pasayish) pasaydi.

«The Libya Observer» nashri Liviyaning «National Oil» kompaniyasi mamlakat sharqida neft tortib olishni tiklashi haqida xabar bergandi. Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar BMT tan olgan Tripoli hukumati bilan kelishuv doirasida neft konlari va portlar qamalini to‘xtatganidan so‘ng ushbu qarorga kelingan.

Eslatib o‘tamiz, qamalga qadar Liviya kuniga yer qa’ridan 1,3 million barrel neft tortib olardi, keyin ko‘rsatkich 100 ming barrelga tushib qolgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring