Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

London va Nyu-York yo‘qlikka ravona bo‘lishi mumkin

London va Nyu-York yo‘qlikka ravona bo‘lishi mumkin

Foto: «Zvezda TV»

Amerika va britan olimlari dengiz sathi ko‘tarilishi bo‘yicha o‘tkazgan yangi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, 2100-yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda «BBC» xabar bermoqda.

Eng yomon prognozlarga ko‘ra, atmosferada karbonat angidrid gazlari to‘planishi hozirgi sur’atda saqlanib qolsa, yaqin 80 yilda global havo harorati 5 darajaga oshadi. Buning oqibatida Dunyo okeani sathi 62 dan 238 santimetrgacha ko‘tariladi va quruqlikning 1,79 million kvadrat kilometri suvga g‘arq bo‘ladi. Shuncha joyda 187 million kishi yashamoqda.

Global isish oqibatida dengiz sathining oshishida Grenlandiya muzliklari asosiy manba vazifasini o‘taydi. Olimlarning fikricha, Antarktidaning Sharqiy va G‘arbiy qismlarida ham nobarqaror holatga o‘tish ehtimoli bor.

Prognozlarga ko‘ra, qirg‘oqbo‘yi hududlari pasttekisliklardan iborat Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa va Osiyoning ayrim mamlakatlari katta xavf ostida qolmoqda. Daryolar deltalarida yashovchi 500 million insonning hayoti uchun tahdid tug‘ilmoqda. Qirg‘oqbo‘yi hududlarining suv ostida qolishi juda keng ko‘lamli migratsiyaga olib kelishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, voqealarning yuqoridagi ssenariy bo‘yicha rivojlanish ehtimoli 5 foizga teng, biroq bu xotirjamlikka berilish uchun asos bo‘lmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring