Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi»

Lukashenko: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi»

Foto: «AP Images»

Eski Yangi yil munosabati bilan o‘tkazilgan shanba kungi qabul marosimida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bayonot berishicha, garchi dunyo xaritasida kamtarona joyni band etgani bilan, Minsk mustaqil tashqi va ichki siyosat yuritishga qobil.

Lukashenko ikki yil burun mamlakatni «tishlab ko‘rish»ga urinishlaridan ogohlantirganini ham eslatib o‘tdi.

«Vaqt bizni sinovdan o‘tkazdi va javobini berdi: munosibmiz», — ta’kidladi prezident.

Lukashenko 2020-yilda Belarusga qarshi qariyb urush boshlashgan deb hisoblaydi: «O‘tgan yil bizlarga niqob taqdi, biroq ayrimlarning yuzidagi niqobni sidirib tashladi».

Lukashenko «bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik» deb hisoblaydi, yozadi BelTA. Kimlardir hafsalani pir qildi, kimlardir, aksincha, tayanch bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring