Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maduro Moskvaga kelarmishmi?

Maduro Moskvaga kelarmishmi?

Foto:«Izvestiya»

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Moskvaga kelayotgani haqida ushbu davlat tashqi siyosat mahkamasining «Tvitter»da sahifasida ma’lum qilingandi.

Biroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dimitriy Peskov bu xabarni uzil-kesil tasdiqlamadi, balki mavhumroq gap qildi: «Bizda aniq ma’lumot yo‘q».

Janubiy Amerikadagi neftga boy ushbu mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz siyosiy inqirozga ulanib ketganidan xabaringiz bor. Muxolifat rahbari Xuan Gunaydo o‘zini Venesuelaning o‘tish davri prezidenti deb e’lon qilganidan so‘ng mamlakatda ikki hokimiyat yuzaga kelgan. Gunaydoni AQSh va Yevropadagi qator davlatlar qonuniy prezident sifati tan olgan. Biroq Rossiya (shuningdek, Xitoy va Turkiya ham) Nikolas Maduroni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring