Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makron, Shols va Dragi Ukrainaga bordi

Makron, Shols va Dragi Ukrainaga bordi

Foto: «rainews.it»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Mario Dragi va Germaniya kansleri Olaf Shols amaliy tashrif bilan Ukrainaga bordi. Bu haqda Italiyaning RaiNews24 telekanali xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari 16-iyun kuni Ukrainaga poyezdda yetib kelishgan, buni telekanal saytida chop etilgan fotosurat ham dalillaydi. Suratda Makron, Shols va Dragi poyezddagi stol atrofida suhbatlashayotgani tasvirlangan.

Shols, Makron va Dragi Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirgani avvalroq ma’lum bo‘lgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring