Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mangxut» to‘foni qurbonlari soni 81 kishiga yetdi 

«Mangxut» to‘foni qurbonlari soni 81 kishiga yetdi 

Foto: «RIA Novosti»

Filippinga yopirilgan «Mangxut» to‘foni qurbonlari soni 81 kishiga, jabrlanganlar soni esa 71 kishiga yetdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Avvalroq 74 kishi halok bo‘lgani, 74 kishi jabrlangani hamda 55 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qurbon bo‘lganlarning aksariyati Kordilersk ma’muriy hududi aholisi ekani ayon bo‘ldi. Ular suv toshqinlaridan eng ko‘p aziyat chekkan. Ayni paytda yana 70 kishi qidirilmoqda.

Filippinning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga juma kuni kechqurun yetib borgan edi. To‘fon shu hududda yashayotgan 800 mingdan ziyod kishiga shikast yetkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring