Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhum o‘z janoza marosimidan so‘ng oradan 7 soat o‘tib uyiga qaytdi

Marhum o‘z janoza marosimidan so‘ng oradan 7 soat o‘tib uyiga qaytdi

Foto: Nord-West-Media TV

Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida istiqomat qilib kelgan Sunarto ismli shaxs yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgani e’lon qilingan va ko‘mish marosimlari o‘tkazilgan edi. Ammo marosimlar yakuniga yetgandan so‘ng Sunarto o‘z uyiga qaytib keldi.

Gap shundaki, mototsiklda uchralgan YTHda halok bo‘lgan shaxsning jasadi tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan edi. Uning yonida hujjatlari ham bo‘lmagan va politsiya marhumning shaxsini mototsiklga qarab aniqlagan. Mototsikl 40 yoshli Sunartoga tegishli edi va jasadni aynan uning qarindoshlari ko‘mishgan.

«Hatto jasadni yuvish vaqtida ham qarindoshlari uni boshqa odam ekanini ayta olishmadi», — deydi hudud politsiya boshqarmasi boshlig‘i Ali Kanta.

Ko‘mish marosimi yakuniga yetgandan so‘ng oradan 7 soat o‘tib Sunarto uyiga qaytib keldi. Uning aytishicha, «vafoti» haqida ishxonasidagi hamkasblaridan eshitgan. Sunarto qurilish kompaniyasida ishlaydi va uch oy muqaddam pulga ehtiyoj sezib, Variim ismli tanishidan qarz olgan. Garov sifatida mototsiklini qoldirgan. Aftidan aynan Variim yo‘l-transport halokatida vafot etgan edi.

Variimning qarindoshlari bu haqda eshitgandan so‘ng ko‘mish marosimini qayta o‘tkazishmadi va qabr ustidagi yozuvni almashtirish bilan kifoyalanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring