Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy razvedka boshqarmasining ilk ayol rahbari iste’foga chiqdi

Markaziy razvedka boshqarmasining ilk ayol rahbari iste’foga chiqdi

Foto: AFP/GETTY IMAGES

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Haspel iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Ayni paytda 64 yoshni qarshilagan Jina Haspel MRBga rahbarlik qilgan ilk ayol kishi edi.

MRBda 1985-yildan faoliyat yuritishni boshlagan Jina Haspel 2018-yilning may oyida eng yuqori lavozimga ko‘tarilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning yangi prezidenti Jo Bayden Haspelning o‘rniga Rossiyadagi sobiq elchi Uilyam Byornsni tayinlash istagida. Generalning o‘g‘li, beshta prezident davrida turli diplomatik lavozimlarda ishlagan Uilyam Byorns Jina Haspelning tengdoshi — 1956-yilda tug‘ilgan.

Uilyam Byorns va avvalgi demokrat-prezident Barak Obama. Foto: Getty Images 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring