Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada YTH oqibatida 9 kishi ammiakdan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi

Meksikada YTH oqibatida 9 kishi ammiakdan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «Iz.ru»

Meksikaning Michoakan shtatida gaz sisternasi YTHga uchrashi oqibatida ammiakdan zaharlanib hayotdan ko‘z yumganlar soni beshtadan to‘qqiztaga yetdi, yana 51 kishi turli darajada zaharlangan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

— Siglo XXI shossesida ammiakli sisterna avtohalokati qurbonlari soni to‘qqiz nafarga yetdi, — deya xabar berdi Michoakan jamoat xavfsizligi vaziri Israel Patron Reyes matbuot anjumanida.

Shanba kuni Michoakan va Gerrero o‘rtasidagi shosseda sisterna tirkamali yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Yo‘lovchi avtobusi ammiak buluti ichida qolib qolgan. Voqea joyida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan. Hukumatning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, 30 kubometr ammiakli fura yaroqsiz holda bo‘lganligi uchun fojiaga sabab bo‘lgan.

Gaz sizib chiqqan joy atrofida 72 soatga transport harakati to‘xtatib qo‘yilgan, qariyb ming kishi zaharlanish xavfi tufayli boshqa joyga ko‘chirilgan. Favqulodda tezkor operatsiyada mudofaa vazirligi va milliy gvardiya bo‘linmalari ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring