Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Merkel idorasiga «hujum qilgan» haydovchi qo‘lga olindi

Merkel idorasiga «hujum qilgan» haydovchi qo‘lga olindi

Foto: «Reuters»

Federal kansler idorasi panjarasiga borib urilgan avtomobil haydovchisi hibsga olindi, deya xabar berdi Berlin politsiyasi.

«Hozir federal politsiyadagi hamkasblarimiz bilan birga federal kansler idorasi yonidamiz. Bino darvozasi yonida avtomobil turibdi — haydovchi avtomobilni o‘sha tomonga boshqargan yoki yo‘qligini tekshiryapmiz. U politsiya tomonidan hibsga olingan», — deyiladi xabarda.

«Dpa» agentligi xabariga ko‘ra, hodisa natijasida bir kishi jabrlangan. Tez tibbiy yordam shifokorlari unga yordam ko‘rsatishmoqda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, idora darvozalariga jiddiy zarar yetmagan.

Avvalroq noma’lum kimsa boshqaruvida bo‘lgan avtomobil Germaniya kansleri Angela Merkel idorasi darvozasiga borib urilgani haqida xabar bergandik.

Merkelning o‘zi hodisa paytida Germaniya federal yerlari rahbarlari bilan videokonferensiya o‘tkazishi, unda izolyasiya tartiblarini uzaytirish hamda koronavirus tarqalishiga qarshi navbatdagi qadamlar muhokama qilinishi kerak edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring