Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskva Tramp, Kim Chen In va Jonsonni g‘alabaning 75 yilligiga taklif etdi

Moskva Tramp, Kim Chen In va Jonsonni g‘alabaning 75 yilligiga taklif etdi

Foto: «Sensum.pro»

Moskva Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yillik yubileyi tantanalariga xorij davlatlari yetakchilarini rasman taklif etishni boshladi. Bu haqda «REGNUM» 16-avgust kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslanib xabar berdi.

Prezident yordamchisining aytishicha, xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga ham taklifnomalar jo‘natilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moskvadagi tantanalarda qatnashish niyatini bildirdi, dedi Ushakov.

Eslatib o‘tamiz, Osakada iyun oyida o‘tkazilgan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Trampni Moskvadagi g‘alaba bayramiga shaxsan taklif etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring