Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada 79 qavatli osmono‘par bino foydalanishga topshirildi

Moskvada 79 qavatli osmono‘par bino foydalanishga topshirildi

Foto: RBC

«REGNUM» xabariga ko‘ra, Moskva-Sitida (Rossiya, Moskva) ma’muriy-ishbilarmonlik majmuasi —«Neva Towers»ning 79 qavatli binosi foydalanishga topshirilgan. Bu haqda bugun, 22-noyabr kuni Mosgosstroynadzor raisi Oleg Antosenko jurnalistlarga ma’lum qilgan.

Aytilishicha, bu osmono‘par majmuaning birinchi navbati, majmuaga yana bir minora qo‘shiladi. «Neva Towers»da ofislar va turarjoylar, 2040 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh bo‘ladi.

Foto: RBC

Ikkinchi minora 68 qavatli bo‘lib, uning qurilishini 2020-yilning oxirigacha nihoyalashmoqchi.

Foto: RBC

Ma’lumot uchun: «Neva Towers» (birinchi nomi — «Renaissance Moscow Towers») o‘rnida avvaliga balandigi 612 metrli «Rossiya» minorasini qurishmoqchi bo‘lgan, biroq moliyaviy inqiroz va sarmoyaviy muammolar sababli qurilish bekor qilingan.

Qurilish maydonining teng yarmiga egalik huquqi 2014-yili «Renaissance Construction» (Turkiya) kompaniyasi ixtiyoriga o‘tgan.

Umumiy maydoni 2,41 gektarga teng uchastkada kompaniya ikkita minoradan iborat majmuani barpo etmoqda: birinchisi (qurib bitkazilgani)ning balandligi 345 metr va 79 qavatli, ikkinchisining balandligi 297 metr va 65 qavatdan iborat bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollariga teng.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring