Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narx-navodan norozi fermerlar traktorlarda katta yo‘lni to‘sdi (foto)

Narx-navodan norozi fermerlar traktorlarda katta yo‘lni to‘sdi (foto)

Yakuniga yetayotgan hafta xush-noxush turfa voqealar bilan yodda qoldi. An’anaga ko‘ra, e’tiboringizga hafta davomida ro‘y bergan yetti muhim hodisani havola etamiz.

1. Xitoyning iqtisodiy qamal holatiga tushirgan koronavirus birja savdolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Co‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ushbu virusdan vafot etganlar soni 1660 nafardan oshdi.
Foto: «Reuters».

2. AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan demokratik partiya vakili – senator Berni Sanders Nyu Hempshirda. Bir necha shtatda dastlabki ichki saylovlar o‘tkazilganiga qaramay, demokratik partiyadan amaldagi prezident Donald Trampga kim raqib bo‘lishi hozircha noma’lum.

Foto: «Getty Images»

3. Omonat qayiqqa mingan falastinlik baliqchi kuchli po‘rtanaga qarshi kurashayotir. Baliqchining bu ahvoli Falastinning davlatchilik yo‘lidagi dolg‘ali kurashini yodga soladi.

Foto: «AP»

4. Ispaniyaning Valensiya muzofotidagi fermerlar norozilik namoyishi o‘tkazdi. Traktorlarda gavjum ko‘chalarni to‘sgan fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga insof bilan narx belgilanishini talab qildi.
Foto: «AFP»

5. Uganda harbiy xizmatchisi cho‘l chigirtkasini ushlab turibdi. Chigirtkalarning ommaviy hujumini bartaraf etish uchun mamlakat hukumati mudofaa kuchlarini ham safarbar etdi. BMT chigirtkalar ekin-tikinga qiron keltirib, millionlab insonni ocharchilikka mubtalo qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Foto: «Getty Images»

6. Ispaniya qutqaruvchilari Liviya sohilida 100 ga yaqin muhojirni qutqarib qolishdi. Ular orasida norasida go‘dak ham bor.
Foto: «AFP»

7. Koreyalik kinorejissyor Pon Chjun Xo «Eng yaxshi rejissyor» yo‘nalishida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi. Osiyolik ijodkor ushbu nominatsiyada Kventin Tarantino, Martin Skorseze kabi dongdor ijodkorlarni ortda qoldirdi.
Foto: «Getty Images»

S.Salim tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring