Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navalniy va NATO — Nobelga nomzod

Navalniy va NATO — Nobelga nomzod

Foto: Vikitsitatnik/Share America

Bu yilgi Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga 107 nafar kishi va 24 tashkilot nomi kiritildi, deyiladi «Reuters» xabarida.

Ro‘yxatdagilar asosan muxolifatchilar, ayollar huquqlarini himoya qiluvchilar. Qizig‘i, nomzodlar orasida harbiy blok — NATO ham bor.

Ayrim nomzod shaxs va tashkilotlar:

  • Steysi Abrams — AQShdagi saylov jarayonlari faoli;
  • Deniel Ellsberg — harbiy tahlilchi;
  • Aminatu Haydar — huquq himoyachisi (G‘arbiy Sahroi Kabir);
  • Aleksey Navalniy — rossiyalik muxolifatchi;
  • COVAX — koronavirusga qarshi vaksinani taqsimlash dasturi;
  • NATO — harbiy blok;
  • «Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi» — notijoriy tashkilot;
  • Hong Kong Free Press — yangiliklar sayti;
  • «Chegara bilmas reportyorlar» — xalqaro nohukumat tashkiloti.

Eslatib o‘tamiz, Moskva sudi Aleksey Navalniyga 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring