Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nigeriyada o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyada o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘g‘irlab ketildi

Foto: «AP Photo / Gbenga Olamikan»

Nigeriyaning Niger shtati Kagara qishlog‘idagi maktab-internatga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 42 kishi, jumladan, 27 o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan, deya xabar berdi «Nation» gazetasi.

Avvalroq mahalliy OAV chorshanba kuni kechqurun Nigeriyaning Niger shtatida qurollangan kishilar maktab-internatga hujum qilib, ko‘plab maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlab ketishganini, ammo o‘g‘irlanganlarning aniq soni noma’lumligini xabar qilgandi. «PRNigeria» ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruv paytida 280 o‘quvchi va yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Manbalar Frans Press agentligiga dastlab yuzlab o‘g‘irlanganlar haqida xabar berishgan.

Ushbu voqeadan so‘ng, mamlakat prezidenti Muhammad al-Buxoriy yo‘qolganlarni qidirish uchun shtatga politsiya bilan armiyani yubordi, mahalliy hokimiyat bir nechta hududlarda maktab-internatlarni yopishga ko‘rsatma berdi.

Niger gubernatori Abubakir Sani-Bello ommaviy axborot vositalariga qurollangan kimsalar 27 nafar o‘quvchi, uchta maktab xodimi va 12 ta oila a’zolarini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qildi. Hujum paytida o‘quvchilardan biri halok bo‘lgan.

Maktabda 650 ga yaqin o‘quvchi bo‘lgan, deb yozadi gazeta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring